O'zbekiston terma jamoasi Para veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi
Guruh poygalari o‘tkazilgan musobaqaning ikkinchi kunida startga chiqqan vakillarimiz yakunda 6 ta oltin va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Kecha Saudiya Arabistonining Al-Qasim provinsiyasida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.
Guruh poygalari o‘tkazilgan musobaqaning ikkinchi kunida startga chiqqan vakillarimiz yakunda 6 ta oltin va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
🥇Oltin:
Bobur Toshtemirov
Azizaxon Qosimova
Shahnoza Hakimova
Pokiza Ahmadbekova
Marjona Pardaboyeva
Odina Hamdamova.
Bronza:
Azizxo‘ja Olimxo‘jayev
Saidjabbor Dadaxonov
Jasurbek Ilxamov
Marjona Valijonova
Fotima Soipova.
E’tiborlisi, Osiyo chempionatida 11 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza, jami 25 ta medal qo‘lga kiritgan para veloshossechilarimiz umumjamoa hisobida peshqadam bo‘ldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor