locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Turnir 7–15-noyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
photo: kamondan otish

O‘zbekiston kamondan otish bo‘yicha milliy terma jamoasi Bangladeshning Dakka shahrida 3–7-noyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘inlar 7–15-noyabr kunlari o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Terma jamoa tarkibida Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Xamroyeva, Jasmina Nurmanova, Amirkhon Sodiqov, Bekzod Boborajabov va Muhammadqodir Ergashovlar ishtirok etmoqda.
Jamoaning murabbiylari Ergashbek Azamov, Munira Nurmanova va Kim Myongsong.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining asosiy maqsadi — sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirish, jamoaviy o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda musobaqa sharoitiga moslashuv darajasini oshirishdan iboratdir.

Sportchilarimizga bo‘lajak Osiyo chempionatida omad va albatta yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting