locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon yozgi Universiadasida ishtirok etadi

Reyn-Rurda o‘tadigan musobaqada dzyudochilarimiz ham 6 ta vazn toifasida tatamiga chiqadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

16–27 iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur mintaqasida talabalar o‘rtasidagi eng yirik xalqaro sport musobaqasi — Jahon yozgi Universiada-2025 bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 11 sport turida ishtirok etadi, jumladan, dzyudo bo‘yicha ham.

Dzyudo jamoasiga yurtimiz OTMlarida tahsil olayotgan va xalqaro musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyon etib kelayotgan iqtidorli sportchilar jalb etilgan.

Bu yilgi Universiadada dzyudo bo‘yicha bir qancha yangiliklar bor. An’anaviy 7 ta vazn toifasi o‘rniga, har ikki jins vakili uchun 6 tadan medal jamlanmasi belgilandi. Erkaklar o‘rtasidagi -66 kg va ayollar o‘rtasidagi -63 kg vazn toifalari musobaqa dasturidan chiqarilgan.

O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi tarkibi:

Erkaklar:
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: MuhammadSodiq Sodiqov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sug‘diyona Rafqatova
-57 kg: Shukurzhan Aminova
-70 kg: Shirinjon Yuldosheva
-78 kg: Marjona Qochimova
+78 kg: Irishon Qurbonboeva

Jamoaga Abdukarim Tangriev, Ulug‘bek Azizov va Aziz Toshmatov rahbarlik qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting