O‘zbekiston terma jamoasi «Harimau Open International Championship» xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etdi
Mazkur xalqaro turnirda yurtimizdan 27 nafar delegatsiya a’zosi hamda 24 nafar sportchi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси
Malayziyaning Bandar Jengka hududidagi “Balora Mestika” sport majmuasida o‘tkazilgan nufuzli “Harimau Open International Championship” musobaqasida O‘zbekiston Pencak Silat terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi.
Mazkur xalqaro turnirda yurtimizdan 27 nafar delegatsiya a’zosi hamda 24 nafar sportchi ishtirok etdi. 5 kun davom etgan murosasiz janglarda Malayziya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Singapur, Indoneziya, Amerika kabi davlatlardan jami 1800 nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida Namangan viloyati sportchilari ham faol qatnashib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:
3 ta oltin medal
2 ta kumush medal
2 ta bronza medal
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist