locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etadi

Budapeshtda o‘tadigan nufuzli musobaqada 18 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi tatamiga chiqadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

13-19 iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 83 mamlakatdan 491 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada to‘liq tarkibda ishtirok etadi.

Ta’kidlash joizki, Jahon chempionati Olimpiya o‘yinlari oldidan litsenziya ochkolarini to‘plash uchun muhim ahamiyatga ega musobaqalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
Bahrom Boturov (60 kg)
Zamoҳshari Bekmurodov (66 kg)
Azizbek Ortiqov (66 kg)
Shahram Ahadov (73 kg)
Arslonbek Tojiev (81 kg)
Nurbek Murtazoyev (90 kg)
Shakhzodxo‘ja Sharipov (90 kg)
Alisher Yusupov (+100 kg)
Muzaffarbek To‘raboyev (+100 kg)

Ayollar:
Halimajon Qurbonova (48 kg)
Laziza Haydarova (48 kg)
So‘g‘diyona Rafqatova (52 kg)
Muҳayyo Ahmatova (52 kg)
Shukurjon Aminova (57 kg)
Marjona Nurulloyeva (63 kg)
Khurshida Razzokberdiyeva (70 kg)
Marjona Ko‘chimova (78 kg)
Irishon Qurbonboeva (+78 kg)

Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimizdan yuqori natijalar kutib qolamiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting