locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi blitz bahslari saralashida 12 ta g‘alaba bilan pley-offga yo‘l oldi

Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blitz yo‘nalishlari bo‘yicha jamoaviy Jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. 14 iyun kuni, dunyoning 55 jamoasi ishtirok etayotgan blitz yo‘nalishi bahslari start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichidagi barcha — 12 ta — uchrashuvda g‘alaba qozonib, 24 ochko bilan S guruhi g‘olibi sifatida pley-offga yo‘l oldi. Shu tariqa, 100 foizlik natija qayd etgan ikkinchi jamoa faqat WR Chess Team bo‘ldi.

Har bir guruhdan 4 tadan jamoa keyingi bosqichga chiqdi. 1/8 finalda O‘zbekiston Qozog‘istonning Barys.kz jamoasiga qarshi kuch sinashadi (D guruhida 4-o‘rin). WR Chess Team esa A guruhidagi peshqadam sifatida B guruhining 4-pog‘onasidagi Malcolm’s Mates jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Blitz. Nokaut tizimi. 1/8 final juftliklari:
• WR Chess Team (A1) – Malcolm’s Mates (B4)
• Hetman GKS Katowice (D3) – Germany and Friends (C2)
• Team MGD1 (D1) – Generation XYZA (C4)
• Knight Dance (A3) – Hexamind Chess Team (B2)
• Freedom (B1) – FIDE MB Team (A4)
• Rookies (C3) – KazChess (D2)
• Uzbekistan (C1) – Barys.kz (D4)
• Theme International Trading (B3) – Ashdod Elit Chess Club (A2)

Ma’lumot uchun, jamoaviy jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 yevroni tashkil etadi. Shundan 310 000 yevro rapid, 190 000 yevro esa blitz yo‘nalishi uchun ajratilgan. Rapid musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi to‘plagan ochkolarga ko‘ra 4-o‘rinni egalladi va 30 000 yevro mukofotga sazovor bo‘ldi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting