O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Moskvadagi Mini Masters turnirida 1 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Moskvadagi Mini Masters turnirida 1 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
24–26-iyul kunlari Rossiyaning 🇷🇺 Moskva shahridagi Maxima Stables ot sporti majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha Mini Masters turnirlar seriyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, uch kun davomida 1 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Xurshidbek Alimjonov Lavin laqabli oti bilan 24-iyul kuni 120 sm balandlikdagi yo‘nalishda 2-o‘rinni egalladi.
25-iyul kuni 125 sm balandlikdagi yo‘nalishda ham Lavin laqabli oti bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
26-iyul kuni musobaqaning uchinchi kunida 130 sm balandlikdagi yo‘nalishda Lavin laqabli oti bilan ajoyib natija qayd etib, 1-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 26-iyul kuni G‘ayrat Nazarov California laqabli oti bilan 110 sm balandlikdagi yo‘nalishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston sportchilarining ushbu natijalari chavandozlarimizning xalqaro maydondagi yuksak salohiyati hamda mahorati izchil oshib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.