O‘zbekiston terma jamoa a’zolari Moskvadagi «MaximaPark» turnirida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
15–19-iyul kunlari Moskva shahridagi Maxima Stables ot sporti majmuasida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha “MaximaPark” turnirlar seriyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
16-iyul kuni:
🔹 130 sm balandlikdagi yo‘nalishda Xurshidbek Alimjonov Klassika Star laqabli oti bilan 1-o‘rinni, Nurjan Tuyakboyev esa Komano laqabli oti bilan 2-o‘rinni🥈 egalladi.
🔹 100 sm balandlikdagi yo‘nalishda Bekzod Rozmuhamedov Sandey Van de Eythuk laqabli oti bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
18-iyul kuni:
🔹 125 sm balandlikdagi yo‘nalishda Xurshidbek Alimjonov Chaloina laqabli oti bilan 3-o‘rinniegalladi.
19-iyul kuni:
🔹 130 sm balandlikdagi yo‘nalishda Xurshidbek Alimjonov Klassika Star laqabli oti bilan 3-o‘rinniegalladi.