locale OZ

O‘zbekiston tent pegging hamda Pokiston tent pegging federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum tempeging, ot ustida kamondan otish va jigitovka yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston tent pegging hamda Pokiston tent pegging federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston tent pegging, jigitovka va ot ustida an’anaviy kamondan otish federatsiyasi hamda Pokiston tent pegging federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Hujjatni O‘zbekiston tent pegging, ot ustida kamondan otish va jigitovka federatsiyasi raisi Gaziyev Baxromjon Valiyevich va Pokiston davlatining tent pegging federatsiyasi vakili Sultan Muhammad Safdar Ali imzoladi.

Mazkur memorandum tempeging, ot ustida kamondan otish va jigitovka yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Tomonlar murabbiylar, sportchilar va mutaxassislar almashinuvi, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish hamda hakamlar va instruktorlar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shuningdek, memorandum milliy terma jamoani xalqaro musobaqalarga, jumladan Jahon kubogi saralash bosqichlari va final musobaqalariga tayyorlashda hamkorlikni nazarda tutadi. Moliyaviy va tashkiliy masalalar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting