O‘zbekiston tarixida ilk bor an’anaviy kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston tarixida ilk bor an’anaviy kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Universal Horses Stable
4–6 mart
4–6 mart kunlari Toshkent shahrida mamlakatimiz tarixida ilk bor an’anaviy kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli xalqaro musobaqa turli davlatlardan kelgan kuchli sportchilarni bir maydonga jamlab, an’anaviy sport turlarini rivojlantirishda muhim voqea bo‘ldi.
4 mart kuni musobaqa ishtirokchilari va mehmonlar yetib kelishdi. Turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Kipr, Rossiya hamda O‘zbekiston davlatlaridan sportchilar qatnashdi. Shu kuni sportchilar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilib, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rildi.
5 mart kuni musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va bahslar boshlandi. Kun davomida saralash va kvalifikatsiya bosqichlari o‘tkazildi. Ushbu bosqichlarda sportchilar o‘z mahorati, aniqligi va bardoshini namoyish etib, final bosqichiga yo‘llanma olish uchun keskin kurash olib borishdi.
6 mart kuni musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi va g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi.
50 metr masofa — Qalqon kategoriyasi
Ayollar
1 Zhappar Sabiliya — Qozog‘iston
2 Batikhan Aikorkem — Qozog‘iston
3 Akhmetova Liyazzat — Qozog‘iston
Erkaklar
1 Tapenov Erbol — Qozog‘iston
2 Zulpikharov Samal — Qozog‘iston
3 Akhmetov Dias — Qozog‘iston
40 metr masofa — Anor kategoriyasi
Ayollar
1 Akhmetova Liyazzat — Qozog‘iston
2 Zhappar Sabiliya — Qozog‘iston
3 Batikhan Aikorkem — Qozog‘iston
Erkaklar
1 Abdikirimov Maksat — Qozog‘iston
2 Rustam Narimbayev — O‘zbekiston
3 Muradili ulu Yntymak — Qirg‘iziston
Mazkur xalqaro musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, turli davlatlardan kelgan sportchilarni birlashtirdi hamda an’anaviy kamondan otish sportining boy tarixiy merosi va zamonaviy sport ruhini namoyon etdi.
Bunday musobaqalar an’anaviy kamondan otish sportini keng targ‘ib qilish, xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash hamda ushbu sport turini O‘zbekistonda yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Tashkilotchilar va ishtirokchilar kelgusida ham bunday nufuzli turnirlar o‘tkazilib, dunyoning turli mamlakatlaridan yana ko‘plab sportchilarni birlashtirishiga ishonch bildirdilar.