O‘zbekiston taekvondochilari “WT Diamond Games” musobaqasini 13 ta medal bilan yakunlashdi
Janubiy Koreyaning Muju shahrida bo‘lib o‘tgan “World Taekwondo Diamond Games” turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kuni yakkalik bellashuvlar bilan yodda qoldi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan 16 nafar taekvondochi ishtirok etdi. Ulardan 13 nafari turli darajadagi mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Oltin medal sohiblari:
-58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-68 kg: Diyorbek To‘xliboyev
-80 kg: Ozodbek Mamadaliyev
+80 kg: Yodgorbek Juraboyev
-49 kg: Madina Shoniyozova
-57 kg: Shabbona Abduvalieva
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova
Kumush medallar:
-58 kg: Omonjon Otajonov
+80 kg: Azizbek Abduqodirov
Bronza medallar:
-58 kg: Kamronbek Mansurov
-58 kg: Mirdiyor Mirayimov
-67 kg: Sevinch Hayitova
Shu tariqa, yakkalik musobaqalarida yurtdoshlarimiz jami 13 ta medal (8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza) qo‘lga kiritishdi.