locale OZ

O‘zbekiston taekvondochilari Universiadada tarixiy oltin medalni qo‘lga kiritdi

Mikst jamoaviy bellashuvda yurtdoshlarimiz Misrni finalda yutdi va mamlakat uchun rekord o‘rnatdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiadasida O‘zbekiston taekvondo bo‘yicha tarixiy natijaga erishdi.

WT taekvondo turi bo‘yicha mikst jamoaviy bellashuvda terma jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda yurtdoshlarimiz Misr jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoa tarkibida Diyoraxon Azizova, Madina Mirabzalova, Shohjahon Karimboev va Najmiddin Qosimxojiyevlar ishtirok etdi.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bu Universiadalar tarixida birinchi marta 3 ta oltin medalga erishish bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting