locale OZ

O‘zbekiston taekvondochilari Osiyo chempionatini medallar bilan yakunlashdi

Yoshlar va o‘smirlar jami 10 ta medalga sazovor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Malayziyaning Kuching shahrida bo‘lib o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yosh va o‘smir sportchilar munosib ishtirok etishdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi. Terma jamoamiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar:
• Oltin medal: Biloliddin Sharofiddinov (61 kg)
• Bronza medallari: Malika Ro‘zieva (29 kg), Soliha Tohirova (51 kg)

Bahslar yakunida o‘smir yigitlar jamoamiz umumiy reytingda uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chempionatni 7 ta (3 ta oltin, 4 ta bronza) medal bilan yakunlasa, yoshlar jamoasi esa 3 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza) medalga ega chiqdi.

Musobaqa yurtdoshlarimizning xalqaro maydondagi nufuzi va taekvondo rivojidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting