locale OZ

O‘zbekiston taekvondo jamoasi Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Aralash jamoaviy bellashuvlarda yurtdoshlarimiz barcha raqiblarini mag‘lub etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida o‘tayotgan “Jahon kubogi jamoaviy chempionatlar seriyasi” doirasidagi musobaqada O‘zbekiston taekvondochilari yana bir muhim yutug‘a erishishdi. Bugun, 9 iyul kuni tashkil etilgan aralash jamoaviy bellashuvlarda terma jamoamiz barcha bosqichlarda ustunlikni qo‘lga kiritib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston jamoasi ilk bosqichda Qozog‘istonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda mezbon Koreya Respublikasini 2:0 hisobida ortda qoldirdi. Final uchrashuvida esa marokashlik taekvondochilarni ham 2:0 hisobida yengib, musobaqa g‘olibligiga erishdi.

Jamoamiz tarkibida quyidagi sportchilar yurtdoshlarimiz sharafini himoya qildi:
• Islombek Rajabov (–68 kg)
• Shuhrat Salaev (–87 kg)
• Madina Mirabzalova (–57 kg)
• Diyora Azizova (–62 kg)

Endilikda terma jamoamiz navbatdagi yirik musobaqa — “World Taekwondo Diamond Games” turnirida ishtirok etadi

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting