locale OZ

O'zbekiston taekvando milliy jamoasi Parijdagi turnirni muvaffaqiyatli yakunladi

Pavel Xan shogirdlari Parij Gran-prisini 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston taekvando milliy jamoasi Parijdagi turnirni muvaffaqiyatli yakunladi
photo: taekvando Uzbekistan

Kecha Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan «Palais des sports Marcel Cerdan» sport saroyida taekvondo WT bo'yicha G6 kategoriyasidagi Gran-pri turniri o'z nihoyasiga yetdi.

Uch kun davom etgan musobaqada milliy terma jamomiz a'zolari ham ishtirok etdi. Bellashuvlar davomida vakillarimiz tomonidan 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari qo'lga kiritildi.

Xususan, Jahon chempioni Najmiddin Qosimxojiyev musobaqada ikkinchi natijani qayd etib, joriy yil hisobidan ketma-ket ikkinchi Gran-pri turnirida ham sovrindorga aylandi. Hamyurtimiz iyun oyida Rim mezbonlik qilgan musobaqada bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Bu safar 22 yashar sportchimiz kumush medalga sazovor bo'ldi.

Bir necha kun avval Osiyo o'yinlarida g'alaba qozongan Jasurbek Jaysunov Parijda ham sermahsul g'alabalarni davom ettirib, finalga qadar yetib keldi. Amaldagi Jahon chempioni Enrike Markesga qarshi kechgan qizg'in bahsda afsuski, omad braziliyalik sportchiga kulib boqdi. Shunday bo'lsa-da, Jasurbek musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'lib, Jahon reytingidagi o'rniga qimmatli ochkolarni qo'shib qo'ydi.

Bundan tashqari, ayollar o'rtasida -67 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ozoda Sobirjonova ham Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng, Parij Gran-prisida ham hisobimizga medal taqdim etdi! U raqobatga boy o'tgan bahslar davomida bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Shu tariqa, Pavel Xan shogirdlari Parij Gran-prisini 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi. Eslatib o'tish darkor, hamyurtlarimiz so'nggi bor 2023-yilda tashkil etilgan Parijdagi Gran-prida 1 ta oltin medalga ega chiqqan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting