locale OZ

O‘zbekiston stol tennisi uchun xitoylik mutaxassislar jalb etilishi mumkin

Taniqli murabbiylar Van Jijian va Chjou Tsizhan milliy jamoa safida faoliyat boshlashi kutilmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Mamlakatimizda turli sport yo‘nalishlariga xorijlik mutaxassislarni jalb etish amaliyoti davom etmoqda. Yaqin vaqt ichida O‘zbekiston stol tennisi terma jamoasida ham xitoylik murabbiylar faoliyat boshlashi mumkin.

Bu haqda Olamsport.com muxbiri Aziz To‘xtamurodov o‘z Telegram-kanalida, mamlakat stol tennisi federatsiyasiga tayanib, xabar berdi.

Federatsiya axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning mashhur mutaxassislari — bosh murabbiy Van Jijian hamda yordamchi murabbiy Chjou Tsizhan terma jamoamizga taklif qilingan. Hozirda bu borada muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumki, Xitoy dunyodagi eng kuchli stol tennisi maktabiga ega va ularning tajribasi milliy jamoamiz uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting