O‘zbekiston shaxmati tashkiliy va jamoaviy e’tirofda ham yetakchilar qatorida
FIDE Excellence Awards mukofotida nafaqat individual shaxmatchilarimiz, balki terma jamoamiz va shaxmat loyihalarimiz ham dunyoning eng kuchlilari sirasida e’tirof etildi:
Eng yaxshi terma jamoa: O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi yillardagi yorqin g‘alabalari va barqaror natijalari evaziga dunyoning eng kuchli terma jamoalari safida ushbu nominatsiya da’vogariga aylandi.
Eng yaxshi federatsiya: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mamlakatimizda shaxmatni ommalashtirish va xalqaro maydondagi ulkan ishlari uchun eng yaxshi federatsiyalar ro‘yxatidan joy oldi.
Eng yaxshi aylanma turnir: UzChess Cup musobaqasi Tata Steel, Norway Chess va Sinquefield Cup kabi shaxmat olamining eng nufuzli turnirlari bilan bir safda "Best Round-Robin Tournament" nominatsiyasiga nomzod qilib ko‘rsatildi!
Eslatib o‘tamiz, Mukofotning g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi shu yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida, 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi doirasida o‘tkaziladi.