locale OZ

O‘zbekiston shaxmatchilari yana ikki g‘alaba ko‘lga erishdi

Yangilangan medal reytingida O‘zbekiston Qozog‘istonni ortda qoldirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida 100 000 dollarlik mukofot jamg‘armasi bilan o‘tayotgan nufuzli “Qonaev Cup 2025” turnirida hamyurtimiz turli guruhlarda munosib ishtirok etishmoqda.

“Masters” guruhi:
Muhammadzohid Suyarov 7-turda qora donalarda armanistonlik grossmeyster Aram Hakobyanga (2625) imkoniyatni boy berdi. 4 ochko bilan u 16-o‘rindan 26-pog‘onaga tushdi. Humoyun Begmuratov esa qora donalarda qozog‘istonlik Erlan Tleuxanov bilan durang o‘ynadi va 3 ochko bilan 42-o‘ringa ko‘tarildi.

“Challengers” guruhi:
Aleksey Barsov qozog‘istonlik Edil Kabilbekka qarshi durang qayd etdi (5 ochko, 10-o‘rin). Miraziz Matyakubov Adil Tkachyovdan mag‘lubiyatga uchradi (4 ochko, 20-o‘rin). Azamat Daurimbetov esa Arlen Abdrashevni mag‘lub etib, 5,5 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugun, 11 avgust kuni 8-tur bahslari bo‘lib o‘tadi:
• Suyarov — Sergey Azarov (FIDE)
• Begmuratov — Alua Nurman (Qozog‘iston)
• Daurimbetov — Alibek Igambergenov (Qozog‘iston)
• Barsov — Adil Tkachyov (Qozog‘iston)
• Matyakubov — Huslen Erdenbayar (Mo‘g‘uliston)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting