O‘zbekiston shaxmatchilari “Dole Open–2025” xalqaro turnirida ishtirok etadi
19–27 iyul kunlari Fransiyaning Eks-an-Provans shahrida “Dole Open–2025” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi. Unda 39 davlatdan 293 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 30 880 yevroni tashkil qiladi.
Bellashuvlar quyidagi toifalarda tashkil etiladi:
• Masters — reytingi 2100 va undan yuqori bo‘lganlar uchun;
• Accession — reytingi 2200 dan past bo‘lganlar uchun;
• Petits Zelos — reytingi 1700 dan past bo‘lganlar uchun.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Yigitlar: Muhiddin Madaminov, Ortiq Nigmatov, Abdimalik Abdisalimov, Xumoyun Begmuratov, Saydakar Saydaliev, Almas Rahmatullaev, Muhammadali Abdurahmonov, Bahrom Baxrillaev, Asrorjon Omonov.
Qizlar: Nilufar Yakubboeva, Guldona Karimova, Marjona Malikova, Nilufarxon Imomquziyeva, Barchinoy Shokirjonova, Maftuna Bobomurodova.
Boshqa ishtirokchilar: Mohim Orazmuxammedova, Ozoda Shahzodova.