locale OZ

O’zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasiyasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha murabbiylar kengashi bo’lib o’tdi

2026-yilning aprel oyida ham saralash chempionatlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O’zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasiyasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha murabbiylar  kengashi bo’lib o’tdi
photo: Akademik eshkak eshish

Kuni kecha O’zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasiyasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha murabbiylar kengashi bo’lib o’tdi.

Ushbu anjumanda sportchilarning xozirgi holati, ularning salomatligi, ko’rsatgichlari, atletlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar, kamchiliklar va 2025-yildagi natijalari qanday bo’lgani, qilingan ishlar, olib borilayotgan o’quv-mashg’ulot yig’inlari shuningdek, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Jumladan, xalqaro mutaxassislar hamda murabbiylarning sportchilarga tuzgan kunlik rejalari ham o’rganildi.

Terma jamoaning bir qismi xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazish maqsadida murabbiylar Aleksandr Ponomaryov,, Viktor Reneyski boshchiligidagi sportchilar - Mirjalol Komilov, Azimjon Sotvoldiyev, Diyorbek Mamatkulov, Kamoliddin Rahmatullayev, Xonzoda Erkinova, Dilnoza Rafikova, Shohsanam Sherzodova, Nilufar Zokirova, Zarina Kazakovalar 5-dekabr kuni tongda Turkiyaning Belek shahriga yo’l olishdi. Ko’zlangan maqsad - 2026-yildagi xalqaro va mahalliy musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko’rishdan iborat. Ushbu mashg’ulot yig’ini 28-dekabrga qadar davom etadi.

Eslatib o’tamiz 2025-yilning aprel oyida Samrqand shahridagi eshkak eshish kanalida turli yosh toifasidagi baydarka va kanoechilar o’rtasida saralash musobaqalari bo’lib o’tgan edi. 2026-yilning aprel oyida ham saralash chempionatlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting