locale OZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi hamda nufuzli xalqaro ot sporti musobaqalari davom etmoqda!

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi hamda nufuzli xalqaro ot sporti musobaqalari davom etmoqda!
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 17–28 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda joylashgan “Universal Horses Stable” ot sporti klubida ot sportining ikki asosiy yo‘nalishi — to‘siqlardan sakrash (konkur) va ot yo‘rttirish (dressaj) turlari bo‘yicha qator yirik va nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Musobaqalar doirasida quyidagi turnirlar o‘rin olgan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi
Jahon kubogi 1–2-saralash bosqichlari
Osiyo kubogi
CDI1* (FEI Dressage xalqaro darajadagi musobaqa)
FEI Dressage World Challenge

21–24 aprel kunlari ot sportining ot yo‘rttirish yo‘nalishidagi bahslar – ya’ni CDI1* va FEI Dressage World Challenge musobaqalari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu musobaqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi chavandozlari munosib ishtirok etishdi va quyidagi yutuqlarga erishishdi:

Yakkalik bahslarda umumiy hisobda:
4 ta oltin medal (1-o‘rin)
6 ta kumush medal (2-o‘rin)
6 ta bronza medal (3-o‘rin)
Jami: 16 ta medal

Shuningdek, jamoaviy bahslarda milliy terma jamoamiz faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

24-aprel, final kuni o‘tkazilgan quyidagi dasturlar ham musobaqaning yorqin va hayajonli lahzalaridan bo‘ldi:

CDI1 | Intermediate I Freestyle — Yakkalik bahslar*
1-o‘rin – Karkavtseva Yekaterina — Botsman
( Qirg‘iziston)
2-o‘rin – Panayev Temur — Jazel
( O‘zbekiston)
3-o‘rin – Abdullayeva Feruza — Passaj
(O‘zbekiston)

Maxima Masters Евразия | Intermediate I Freestyle — “Малый Кубок”
1-o‘rin – Shevtsova Alina — Zamperoni
(Rossiya)
2-o‘rin – Shevtsova Alina — Nocito De Muze
(Rossiya)
3-o‘rin – Karkavtseva Yekaterina — Botsman
(Qirg‘iziston)

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida faxriy mehmon — O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Maxmudov Shaxrillo Sharipovich ishtirok etdi va sportchilarni tabrikladi.

Endi esa musobaqaning keyingi bosqichi — to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishidagi bellashuvlarga navbat!
24–27 aprel kunlari davomida:
Jahon kubogi 2-bosqichi
Maxima Masters Евразия
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi musobaqalari ot sporti muxlislarini yanada ko‘proq hayajonli daqiqalar bilan quvontiradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yirik xalqaro sport tadbiri 28-aprelga qadar davom etadi.
Biz bilan qoling va O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi yorqin sahnalaridan bahramand bo‘ling!

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting