locale OZ

O‘zbekiston regbichilari Osiyo chempionatiga jiddiy hozirlik ko‘ryapti

O‘zbekistonlik hujumchi Turkiyada faoliyatini boshladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari regbi-7 yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo miqyosidagi musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoalar Qozog‘istonning Taldiqo‘rg‘on shahrida yig‘in o‘tkazib, xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

19–21 sentabr kunlari Xitoyning Xanxjou shahrida Osiyo chempionati — Emirates Sevens Series musobaqasining ilk bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Shri-Lanka va BAA kabi qit’aning yetakchi jamoalari qatorida 12 terma ishtirok etadi. Bu safar O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqa saralash bosqichida ilk bor maydonga chiqadi. Seriyaning ikkinchi bosqichi esa 17–18 oktyabr kunlari Shri-Lankaning Kolombo shahrida tashkil etiladi.

Mazkur musobaqa jamoalar uchun 2028 yili Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish imkoniyatini taqdim etadi.

Ayollar terma jamoasi esa 24–27 oktyabr kunlari Omonda o‘tadigan Asia Rugby Sevens Trophy musobaqasiga tayyorlanmoqda. Bu turnir 2026 yildagi Emirates Sevens Series uchun saralash vazifasini o‘taydi. G‘olib jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi va Olimpiada litsenziyasi uchun kurashni davom ettiradi.

Tayyorgarlik doirasida har ikkala terma jamoa Qozog‘istonning yetakchi klublari — PRK «Olimp», «Jetisu» va «SDYuSSh-1»ga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot xizmati.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting