locale OZ

O‘zbekiston regbi-15 chempionati yakunlandi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston regbi-15 chempionati yakunlandi!
PHOTO: Telegram

Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligi sport klubi stadionida erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston regbi-15 chempionatining final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat chempioni — Milliy gvardiya jamoasi bo‘ldi. Final bahsida ular Mudofaa vazirligi jamoasini ishonchli tarzda 49:19 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Xorazm jamoasi Ichki ishlar vazirligi jamoasini 35:7 hisobida mag‘lub etib, turnirning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Chempionat yakuniy jadvali:
1. Milliy Gvardiya
2. Mudofaa Vazirligi
3. Xorazm

Chempion va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz, barcha ishtirokchilarga yorqin va munosib turnir uchun tashakkur bildiramiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting