Oʻzbekiston regbi federatsiyasining yillik hisobot konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining majlislar zalida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Hisobot konferensiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev raisligida oʻtkazildi.
Konferensiya davomida masʼul shaxslarning dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, konferensiya davomida Oʻzbekistonning regbi-7 boʻyicha erkaklar va ayollar milliy terma jamoalarining 2028-yilgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish istiqbollari va imkoniyatlari koʻrib chiqildi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yigʻilish davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Oʻzbekiston regbi federatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.