Oʻzbekiston regbi federatsiyasi yil yakunlarini sarhisob qildi va kelgusi rejalarni belgiladi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining yillik hisobot konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Federatsiya raisi S. Safaev raisligida oʻtkazildi.
Yigʻilishda 2025-yil yakunlari, respublika chempionatlari va kuboklari, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari hamda Federatsiyaning moliyaviy faoliyati muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yil rejalari, regbi-7 sport turini rivojlantirish va milliy terma jamoalarning 2028-yilgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish istiqbollari muhokama etildi.
Konferensiya doirasida Federatsiya va JIDU oʻrtasida talabalar sportini rivojlantirish hamda regbi-7ni ommalashtirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.