O‘zbekiston qo‘l jangi terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun uchib ketdi
Musobaqa “Dynamo Volleyball Arena” maydonchasida bo‘lib o‘tadi va unda o‘nlab mamlakatlarning eng kuchli sportchilari qatnashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Qo'l janggi Uzbekistan
O‘zbekiston qo‘l jangi bo‘yicha terma jamoasi 11-dekabr kuni Moskva (Rossiya) shahriga, qo‘l jangi bo‘yicha absolyut vazn toifasida o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun uchib ketdi.
Musobaqa “Dynamo Volleyball Arena” maydonchasida bo‘lib o‘tadi va unda o‘nlab mamlakatlarning eng kuchli sportchilari qatnashadi. Bellashuvlarda jangchilar an’anaviy vazn toifalariga bo‘linmasdan, absolyut chempionlik unvoni uchun kurash olib borishadi.
Musobaqa Moskva shahrida joylashgan Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u har yili butun dunyo bo‘ylab mutaxassislar va yakkakurash ixlosmandlari e’tiborini tortadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor