O‘zbekiston para yengil atletikachilari yurtimizga qaytishdi
Dunyoning 109 ta mamlakatidan jami 1400 nafarga yaqin sportchilar qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Xabaringiz bor, 27-sentabr — 5-oktabr kunlari oralig‘ida Hindistonning Nyu-Dehli shahrida para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 109 ta mamlakatidan jami 1400 nafarga yaqin sportchilar qatnashgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, yakunda 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Matonatli sportchilarimiz bugun Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, Respublika Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kolleji rahbariyati, OAV vakillari hamda yaqinlari tomonidan kutib olindi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist