locale OZ

O‘zbekiston para kanoechilaridan Jahon chempionatida ikki medal

Nazarqulov – kumush, Abdulxabibov – bronza sohibi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Italiyaning Milan shahrida to‘rt kun davom etgan para kanoe bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada 34 mamlakatdan 185 atlet ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli chempionatni ikki medal bilan yakunladi. Avvalroq, To‘rabek Nazarqulov VL3 dasturida kumush medalga ega chiqqan edi. Kechagi finalda esa Azizbek Abdulxabibov KL2 yo‘nalishida 44.22 soniya natija qayd etib, bronza medali sohibi bo‘ldi.

Shunday qilib, hamyurtimiz 3-o‘rinni egalladi:
1. Devid Filippsson (Buyuk Britaniya)
2. Kristian Volpi (Italiya)
3. Azizbek Abdulxabibov (O‘zbekiston)

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi ikki Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar bittadan bronza medali bilan cheklanishgan edi. Bu gal esa jamoamiz medallar sonini ikki barobarga oshirdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting