O‘zbekiston o‘smirlari – jahon Olimpiadasida vitse-chempion
Kolumbiyaning Barrankila shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar (U-16) o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Butunjahon Olimpiadasi yakunlandi. Nufuzli musobaqada 45 davlatdan 90 jamoa ishtirok etdi.
O‘rtacha reyting bo‘yicha 2-o‘rinda qayd etilgan O‘zbekiston terma jamoasi natijada ham shunga mos ravishda Olimpiadaning kumush medaliga ega chiqdi.
Xalqaro grossmeyster Saydali Yo‘ldashev rahbarligidagi jamoa tarkibi:
• Humoyun Begmuratov (2435) – xalqaro sport ustasi
• Muhammadzohid Suyarov (2356) – xalqaro sport ustasi
• Asrorjon Omonov – FIDE sport ustasi
• Afruza Hamdamova – ayollar xalqaro sport ustasi, yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni
Olimpiadaning hal qiluvchi 9-turida o‘smirlarimiz Italiya terma jamoasini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi doskada FIDE 1 jamoasi FIDE 2ga qarshi 3,5:0,5 hisobida ustunlikka erishdi va barcha 9 o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston 14 ochko to‘plab, Qozog‘iston bilan bir xil natija qayd etdi. Ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar asosida qozoqlar bronza medaliga ega chiqdi. 14 ochkoli Xitoy esa 4-o‘rin bilan cheklandi.
Jami hisobda terma jamoamiz Olimpiadada 7 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etdi.