locale OZ

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jizzaxdagi yig‘inni yakunladi

Toshkentdagi yig‘in doirasida Qirg‘iziston o‘smirlar terma jamoasiga qarshi nazorat bahsi o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jizzaxdagi yig‘inni yakunladi
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Jizzax shahrida o‘tkazdi.

Besh kun davom etgan mashg‘ulotlar Jizzax futbol akademiyasi zalida olib borildi va bugun Samarqandning “Dinamo” jamoasi yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvi bilan yakunlandi.

Dilshod Rahmatov boshchiligidagi o‘smirlarimiz endi Toshkent shahrida to‘planadi va musobaqaga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazadi.

Toshkentdagi yig‘in doirasida Qirg‘iziston o‘smirlar terma jamoasiga qarshi nazorat bahsi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar terma jamoamiz joriy yilning 22–31 oktabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadigan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting