O‘zbekiston o‘smir dzyudochilari Toshkentdagi Osiyo kubogida zafar quchdi
Hozirgi kunlarda Toshkent shahri o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada 8 ta davlat — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Hindiston, Mo‘g‘oliya va Erondan kelgan iqtidorli yoshlar ishtirok etmoqda.
Belgilangandasturga muvofiq, musobaqaning ilk qismini o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar tashkil etdi. Ushbu bahslar yakuniga yetdi va terma jamoamiz o‘z sinovini muvaffaqiyatli yakunladi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqa davomida 10 ta oltin, 10 ta kumush va 18 ta bronza medaliga ega chiqdi. Shu tariqa, umumjamoa hisobida raqobatchilarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa navbatdagi kunlarda yoshlar (U21) o‘rtasidagi bahslar bilan davom etadi. Unda ham yurtimiz vakillaridan yuqori natijalar kutib qolmoqda.