O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasidan tarixiy natija!
Bahraynning Manama shahri mezbonlik qilgan III Osiyo yoshlar o‘yinlari og‘ir atletikachilarimiz uchun ham muvaffaqiyatli va sermahsul yakunlandi.
Musobaqada ishtirok etgan 12 nafar sportchimizdan 10 nafari shohsupaga ko‘tarildi, yana 2 nafar polvonimiz esa munosib tarzda kurash olib borib, musobaqani to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi.
Eng quvonarlisi, qizlarimiz 100 foizlik natija ko‘rsatishdi! Ishtirok etgan 6 nafar qizimizning barchasi shohsupaga ko‘tarildi — bu kabi natijani ushbu musobaqada hech bir terma jamoa takrorlay olgani yo’q.
Natijada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi delegatsiya hisobiga 7 ta oltin , 2 ta kumush va 4 ta bronza — jami 13 ta medalni taqdim etdi. Bu ko‘rsatkich bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladik!