locale OZ

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasida yil yakunlari sarhisobi: 160 medal zavqi

Murabbiy va mutaxassislar oldiga aniq vazifalar belgilab olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasida yil yakunlari sarhisobi: 160 medal zavqi
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi

2025-yil mamlakatimiz og‘ir atletikachilari uchun nihoyatda muvaffaqiyatli hamda sermahsul yil bo‘ldi. “Islom birdamligi” o‘yinlari hamda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yuqori natijalar qayd etib, O’zbekiston sport delegatsiyasining umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashiga munosib hissa qo‘shdi.

Xususan, Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 12 nafar sportchi bilan qatnashgan og‘ir atletikachilarimiz 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, yuqori samaradorlikni namoyish etdi.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan “Islom birdamligi” o‘yinlarida esa O‘zbekiston delegatsiyasi jami 96 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu sovrinlarning 20 tasi og‘ir atletikachilarimiz hissasiga to‘g‘ri keldi.

Yil davomida dunyoning turli mamlakatlarida tashkil etilgan 8 ta nufuzli xalqaro musobaqada qatnashgan og‘ir atletikachilarimiz umumiy hisobda 160 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur yutuqlar alohida e’tirof etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, Og‘ir atletika federatsiyasi raisi Sh. Xidoyatov, Sport vaziri o‘rinbosari va federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Maxmudov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor R. Matkarimov, shuningdek murabbiylar, hakamlar, terma jamoa a’zolari hamda hududiy federatsiyalar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sportchimiz Akbar Jo‘rayevning yutuqlari alohida ta’kidlandi. U 2025-yil davomida “Islom birdamligi” o‘yinlari, Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionati va Norvegiyada tashkil etilgan jahon chempionatida jami 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, bir nechta jahon rekordlarini o‘rnatdi. Bu yutuqlar og‘ir atletika tarixida kamdan-kam uchraydigan yuksak muvaffaqiyat sifatida baholandi.

Akbar Jo‘rayevning g‘alabalari O‘zbekiston sporti tarixidagi muhim voqea bo‘lib, u 2025-yilning eng yaxshi sportchisi deb e’tirof etildi. Bu esa yosh sportchilar uchun katta ruhiy turtki bo‘ldi.

Tadbir davomida 2026-yilda Yaponiyada o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari hamda 2028-yil Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Murabbiy va mutaxassislar oldiga aniq vazifalar belgilab olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting