locale OZ

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

Federatsiya vakillari tadbir davomida sport sohasiga qiziquvchi talabalar bilan muloqot o‘tkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi
photo: Og'ir atletika

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavriat va magistratura talabalari uchun tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tadbirida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

Federatsiya vakillari tadbir davomida sport sohasiga qiziquvchi talabalar bilan muloqot o‘tkazdi, og‘ir atletika bo‘yicha mavjud loyihalar, amaliyot va ish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Talabalar federatsiya faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi. Shuningdek, faol ishtirok etgan talabalar va mehmonlarga federatsiyaning esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi yosh mutaxassislar uchun “ochiq eshiklar siyosati”ni davom ettiradi hamda sport sohasida o‘z o‘rnini topishni istagan har bir talaba va yosh mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting