«O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi» voleybol musobaqasi g‘olibi aniqlandi
"O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi" voleybol musobaqasi yakuniy uchrashuvida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti va Qashqadaryo vakilligi jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun bellashdi.
Murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida Qashqadaryo viloyati vakilligi jamoasi 2:0 hisobida ustun kelishdi. Shunday qilib, musobaqa yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin: Qashqadaryo viloyati vakilligi jamoasi.
2-o‘rin: Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti jamoasi.
3-o‘rin: Navoiy viloyati vakilligi jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazilgan "O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi" musobaqalarining eng yaxshi o‘yinchisi nominatsiyasi g‘olibi deb Namangan viloyati vakilligi jamoasi tarkibida o‘ynagan Muxtorjon domla Yunusov topildi. Unga diplom va umra yo‘llanmasi taqdim etildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.