locale OZ

O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston: Og‘ir atletikada xalqaro hamkorlik yo‘lida

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston: Og‘ir atletikada xalqaro hamkorlik yo‘lida
PHOTO: Telegram

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida u Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar ishlari vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda sport sohasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, boks va og‘ir atletika yo‘nalishlarida yosh iste’dodlarni tayyorlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Xususan, “Bahrayn-2025” III Osiyo o‘smirlar o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida 15–17 yoshli sportchilarni qo‘shma mashg‘ulotlardan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston og‘ir atletika terma jamoalari o‘rtasida qo‘shma o‘quv-trening yig‘inlarini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro memorandumlar imzolandi.

Mazkur tashrif doirasida Shaxrillo Maxmudov Mo‘g‘uliston Prezidenti bilan uchrashuvda ham ishtirok etdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan sport sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bu hamkorlik ikki mamlakat sportchilari uchun yangi sahifani ochadi — tajriba almashish, birgalikda tayyorgarlik ko‘rish va xalqaro maydonlarda yanada muvaffaqiyatli ishtirok etish imkonini yaratadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting