locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Fransiyaning Ver-syur-Marn shahrida jahon kubogining to‘rtinchi bosqichida ishtirok etmoqda

Ikki yil avval Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari bahslari o‘tkazilgan ushbu sport maskanida dunyoning 48 davlatidan 238 nafar sportchi yana bir bor jam bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Fransiyaning Ver-syur-Marn shahrida jahon kubogining to‘rtinchi bosqichida ishtirok etmoqda
photo: suv sporti

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Fransiyaning Ver-syur-Marn shahrida jahon kubogining to‘rtinchi bosqichida ishtirok etmoqda.

Ikki yil avval Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari bahslari o‘tkazilgan ushbu sport maskanida dunyoning 48 davlatidan 238 nafar sportchi yana bir bor jam bo‘ldi. Ular orasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 4 nafar slalomchimiz ham bor.

Ikki nafar kanoechi va ikki nafar kayaker - Janibek Temirgaliyev, Pavel Eygel, Anvar Klevleev, Ibrohim Nosirjonov yakkalik bahslarda hamda kayak kross yo’nalishida Janibek va Pavel o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Sportchilarimizga jahon kubogining bu bosqichida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting