locale OZ

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun Buxoroda yigʻinni boshlaydi

19- va 21-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Uchrashuvlar soat 17:00 da start oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun Buxoroda yigʻinni boshlaydi
Фото: Ўзбекистон футзали

Dekabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi.

Ushbu yigʻin yanvar oyining soʻnggi oʻn kunligida Indoneziyada start oladigan Osiyo kubogi musobaqasi oldidan oʻziga xos koʻrik vazifasini oʻtab beradi. Mashgʻulotlar 2024-yilgi Jahon chempionati oʻyinlari munosabati bilan qurilib, foydalanishga topshirilgan “Universal” sport majmuasida boʻlib oʻtadi.

Yigʻin doirasida Nodir Eliboyev shogirdlari jahonning kuchli jamoalaridan biri sanalgan Rossiya milliy terma jamoasiga qarshi ikkita xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishni rejalashtirgan.

Afsuski, avvalroq eʼlon qilingan milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibida juzʼiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bu mamlakat milliy chempionatining soʻnggi tur uchrashuvlarida olingan jarohatlar bilan bogʻliq. Xususan, terma jamoa shifokorlari maʼlum qilishicha, himoyachilar Mashrab Odilov va Shahzodjon Saʼdiyevlarning jarohatlari kutilganidan ancha jiddiy ekani aniqlangan. Ular toʻliq tiklanishi uchun koʻproq vaqt talab etilishi sababli Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok eta olmaydi.

Shuningdek, isteʼdodli yarim himoyachi Muhammadali Xusanboyev ham 6-turdan keyin terma jamoa murabbiylari ixtiyoriga jarohat bilan qaytdi. Bu holat milliy terma jamoa murabbiylar shtabi rejalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilishiga olib keldi. Endilikda himoya va hujum chiziqlarida oʻzaro yaxshi tushunadigan futbolchilar bogʻlanmalarini shakllantirish uchun koʻproq vaqt va amaliy mashgʻulotlar talab etiladi. Shu bois Nodir Eliboyev Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda yangi nomzodlardan iborat eksperimental tarkibni sinab koʻrishga majbur boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 🇺🇿Oʻzbekiston — Rossiya🇷🇺 milliy terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 19- va 21-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Uchrashuvlar soat 17:00 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting