locale OZ

\"O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi\"ning sovrindor jamoalari taqdirlandilar

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
"O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi"ning sovrindor jamoalari taqdirlandilar
PHOTO: Telegram

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha Buxoro (o‘g‘il bolalar) va Namangan (qizlar) shaharlarida 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida uyushtirilgan 2025 yilgi “O‘zbekiston mahalalari uyushmasi kubogi”ning respublika bosqichi g‘olib va sovrindor jamoalari aniqlanib, munosib taqdirlandilar.

O‘z navbatida sportchilarga tegishli darajadagi medal, diplom, shuningdek, sovg‘alar va kubok topshirildi. O‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari orasida birinchi o‘rinni egallagan mahallalarda bosh sovrin sifatida “Universal” sport maydonchasi, ikkinchi o‘rinni band etgan mahallalarda Street Workout” (Street Vorkaut) maydonchasi, uchinchi o‘rindan joy olgan mahallalarda “Workout” (Vorkaut) sport maydonchasi quriladi.

Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting