O‘zbekiston madaniyat vaziri Mo‘g‘ulistonda kamondan o‘q otib ko‘rdi
Ozodbek Nazarbekov Mo‘g‘ulistonga safari chog‘ida festivalda qatnashdi va mahalliy an’anaviy sport turini sinab ko‘rdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Mo‘g‘ulistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrif doirasida hamkasblari bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Jurnalist Aziza Qurbonovaning ma’lum qilishicha, tashrif davomida konsert va yirik festival tashkil etilgan. Ana shu festival jarayonida Nazarbekov kamondan o‘q otishni sinab ko‘rishga qaror qilgan.
Videolavhalardan ko‘rinishicha, vazir ushbu faoliyatdan katta zavq olgan.
Ta’kidlash joiz, tashrif davomida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlab, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishuvlarga erishdi.
Bakradze Iman
Redaktor