locale OZ

O‘zbekiston kurashchilari Osiyo chempionatida mutlaq ustunlikni qo‘lga kiritishdi!

Har uch yo‘nalishda — o‘smirlar, yoshlar va kattalar bahslarida terma jamoamiz barcha raqiblardan ustun bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

30 iyul — 4 avgust kunlari Koreya Respublikasining Goesan shahri mezbonlik qilgan kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi barcha yosh toifalarida tengsiz natijalarni qayd etdi.

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi va Osiyo Kurash konfederatsiyasi taqvimidagi ushbu nufuzli chempionatda o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida g‘oliblar aniqlandi. Musobaqaning dastlabki kunlarida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tdi. Qit’aning 25 ga yaqin davlati vakillari ishtirok etgan bellashuvlarda O‘zbekiston jamoasi jami 36 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

3 avgust kuni kattalar o‘rtasidagi dastlabki janglarda o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yetakchilikni saqlab qolishdi. 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan final bellashuvlarida ham yurtdoshlarimiz yana 4 ta oltin medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini jami 53 ta medal, shundan 45 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza bilan yakunlab, umumjamoa hisobida mutlaq g‘olib deb topildi.

Bu natijalar kurashning haqiqiy vatani — O‘zbekistonning qit’adagi yetakchi mavqeini yana bir bor tasdiqladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting