locale OZ

O‘zbekiston kubogining ikkinchi kuni: yana 5 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogining ikkinchi kuni: yana 5 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi
O‘zbekiston kubogining ikkinchi kuni: yana 5 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi

Surxondaryo viloyati markazi — Termiz shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kuni ham qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

Bellashuvlarda 2008, 2009 va 2010 yillarda tug‘ilgan yosh dzyudochilar ishtirok etmoqda. Termizdagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilayotgan musobaqaning bu bosqichida o‘smir yigitlar o‘rtasida -60, -66 va -73 kg, qizlar o‘rtasida esa -52 va -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Qiziqarli jihati shundaki, -60 kg vaznda 110 nafar, -66 kgda 93 nafar va -73 kg vazn toifasida esa 113 nafar dzyudochi musobaqa medallari uchun kuch sinashdi.

Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
O‘smirlar:
-60 kg vazn toifasi
1. Amirbek Erkinov (Xorazm)
2. Jasur Qahramonov (Navoiy)
3. Shohjahon Nurullaev (Buxoro)
3. Eldor Sharipov (Samarqand)

-66 kg vazn toifasi
1. Soyibbek Jo‘rayev (Qashqadaryo)
2. Daler Asrorqulov (Samarqand)
3. Lutfulloh Akbarov (Toshkent shahri)
3. Hikmatullo Xolosov (Toshkent viloyati)

-73 kg vazn toifasi
1. Shahobiddin Baxtiyorov (Buxoro)
2. Bahodir Kopjursinov (Qoraqalpog‘iston)
3. Nazar Zulfiqorov (Qashqadaryo)
3. Hamidulloh Yarashev (Toshkent shahri)

Qizlar:
-52 kg vazn toifasi
1. Nigina Umrzokova (Samarqand)
2. Muxlisa Hasanova (Jizzax)
3. Noila Razzokberdiyeva (Xorazm)
3. Fotima Ahmadova (Surxondaryo)

-57 kg vazn toifasi
1. Charosoy O‘ktamboyeva (Xorazm)
2. Rayhon Abdurahmonova (Xorazm)
3. Madina Jumamuratova (Surxondaryo)
3. Dilnura Barotova (Buxoro)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting