locale OZ

O‘zbekiston kubogi: Yarim final uchrashuvlari vaqti va manzili maʼlum

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi: Yarim final uchrashuvlari vaqti va manzili maʼlum
PHOTO: Telegram

Yana ikki kundan so’ng mamlakat kubogi-2025 musobaqasining yarim final uchrashuvlari boshlanadi. Avvaldan rejalashtirilganidek, yarim final o’yinlari Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo’lib o’tadi.

Yarim final uchrashuvlari “Futbol-TV” telekanali hamda O’FFning YouTube kanali orqali to’gridan-to’g’ri namoyish etiladi.

12-may (dushanba)
15:00 BMB – OKMK
17:00 "Oil Star" – SQB

13-may (seshanba)
15:00 "Oil Star" – SQB
17:00 BMB – OKMK

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston futzal federatsiyasi kubok bahslari yanada qiziqarli va murosasiz o‘tishini ta’minlash maqsadida rag’batlantiruvchi mukofot taʼsis etgandi.

Unga ko‘ra, musobaqa yarim finalchilari bir xil 50 million so‘mdan, ikkinchi o‘rin sohibi 100 million so‘m mukofot puliga ega bo‘ladi. Mamlakat kubogi sohibiga esa 200 million so‘m mukofot puli sifatida topshiriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting