O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichidan keyin to‘purarlar bahsida vaziyat qanday?
Guruh bosqichining barcha uchrashuvlari ortda qoldi.
Pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va musobaqadagi ishtirokini yakunlagan jamoalar nomi ma`lum bo‘lib ulgurdi.
Biz esa e`tiboringizni ushbu bosqichdan keyin to‘purarlar poygasidagi vaziyatga qaratmoqchimiz.

Jarohat sabab so‘nggi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan bo‘lsa ham, Hebbert Oliveira BOLT jadvalda yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin ta`qibchilari ham BMB klubi a`zolari hisoblanadi. Muzaffar Ahadjonov — ikkinchi, Serjio Rodrigo esa uchinchi pog‘onani band etgan.
Yana bir "oq yo‘lbars" Ashirbek To‘lqinov, SQB yetakchilaridan biri Akbar Usmonov hamda "Oil Star"dan Behruz Samiyev hisobida 8 tadan gol bor, TOP-7ni 7 ta gol bilan OKMK vakili Shahram Faxriddinov yakunlab berdi.