locale OZ

O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, 2-iyun sanasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bosh sovrin uchun BMB PFC hamda "Oil Star" PFK jamoalari bahs olib boradi.

Amaldagi chempion va vitse-chempion oʻrtasidagi navbatdagi final oldidan bugun, 31-may kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasi binosida har ikki jamoa bosh murabbiylari va futzalchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

BMB PFC vakillari Nodir Eliboyev hamda Shaxzod Sa`diyev, "Oil Star"dan Fuzuli Xayrullayev va jamoa yetakchisi Ilhom Hamroyev OAV vakillari savollariga javob berishdi.

Qizg‘in davom etgan jarayonda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Jumladan, jamoalarning hal qiluvchi bahsga tayyorgarligi, jarohatlanganlar, futzalchilarning holati haqida batafsil ma`lumot berildi.

Shuningdek, har ikki murabbiy va sportchilar kubokning yangi formati barchaga birdek ma`qul kelgani, o‘yinlar soni ortgani qo‘shimcha o‘yin amaliyoti bo‘lishi, jamoa keyingi uchrashuvlari qaysi shahar, viloyatda va qaysi sanalarda bo‘lishini oldindan aniq bilib, shunga ko‘ra tayyorgarlik ko‘ra olganini alohida ta`kidlashdi.

Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar uchun belgilangan pul mukofoti jamoalarga qo‘shimcha motivatsiya berishini qayd etishdi.

E`tiborli jihati har ikki tomon raqib haqida iliq fikrlar bildirib, ularni hurmat qilishi, ammo finalda faqat g‘alaba uchun maydonga tushishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi 2-iyun, soat 18:00da "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting