locale OZ

O‘zbekiston kubogi chorak final o‘yinlari taqvimi bilan tanishing

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi chorak final o‘yinlari taqvimi bilan tanishing
PHOTO: Telegram

Kuni-kecha O‘zbekiston kubogi guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga yetdi va pley-offning 8 ishtirokchisi nomi ma`lum bo‘ldi.

Jumladan, "A" guruhidan BMB hamda "Paxtakor", "B" guruhidan "Oil Star", Neftchi", "C" kvartetidan OKMK hamda "Surxon" va "D" guruhidan SQB hamda "Lokomotiv" jamoalari chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

5-may, dushanba kuni, Buxoroda mamlakat kubogi chorak final uchrashuvlari start oladi.

Qayd etish lozim, chorak final hamda yarim final bosqichida g‘olib ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Bunda yirikroq hisobda g‘alabaga erishgan jamoa g‘olib hisoblanadi. Agarda ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra kuchlar teng kelsa, ya’ni bittadan g‘alaba (yoki ikkita o‘yinda ham durang) va to‘plar farqi ham bir xil bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvning asosiy vaqti tugashi bilan penaltilar seriyasiga murojaat etiladi (FIFA futzal qoidalariga muvofiq dastavval 5 tadan zarba amalga oshiriladi. Unda ham kuchlar teng kelsa, jamoalardan birining ilk xatosigacha seriya davom etadi).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting