locale OZ

Oʻzbekiston kubogi – 2025: Qiziqarli statistika bilan tanishing

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston kubogi – 2025: Qiziqarli statistika bilan tanishing
PHOTO: Telegram

2025-yilgi Oʻzbekiston kubogi musobaqasida jami 16 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar avvaliga toʻrttadan guruhlarga taqsimlangan holda ikki davrali bahslarda oʻz omadlarini sinab koʻrishdi. Guruhlarda dastlabki ikki oʻrinni egallagan jamoalar pley-offga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Olimpiya tartibida oʻtgan chorak final hamda yarim final bahslarida jamoalar oʻzaro ikkitadan oʻyin oʻtkazishdi. Oldinda soʻnggi hal qiluvchi final uchrashuvi qoldi. Finalga amaldagi Kubok sohibi BMB hamda oʻtgan yilgi finalchi “Oil Star” jamoalari yoʻllanma olishdi. Final 2025-yilning 2-iyun sanasiga rejalashtirilgan boʻlib u “Yunusobod” sport majmuasida boʻlib oʻtadi.

Quyida Oʻzbekiston kubogi-2025 musobaqasining ortda qolgan yoʻliga nazar tashlaymiz. Gollar, natijalar, raqamlar sarhisobini e'tiboringizga havola etamiz.

Mamlakat kubogining final bahsiga qadar musobaqada jamoalar jami 60 ta uchrashuvda maydonga chiqishdi. Shulardan 48 tasi guruh bosqichida, 8 tasi chorak finalda, 4 tasi yarim finalda boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvlarda darvozalarga jami 385 ta gol kiritildi: guruh bosqichi bahslarida muxlislar 309 ta golning shohidi boʻlishdi. Chorak finallarda darvozalarga 53 ta gol kiritildi. Yarim finallarda esa 23 ta gol koʻrdik.

Guruh bosqichi bahslarida gollar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi: A guruhi – 127 ta gol, B guruhi – 56 ta gol, C guruhi – 57 ta gol, D guruhi – 69 ta gol.

Finalgacha yetib kelgan BMB jamoasi yuz foizlik natijani qayd etdi. Guruh bosqichida ham, pley-off seriyasida ham barcha uchrashuvlarni oʻz foydasiga hal etdi. Ikkinchi finalchi – “Oil Star” esa 9 ta uchrashuvda gʻalaba qozondi, 1 ta oʻyinda durang qayd etdi.

Ikkita jamoa barcha uchrashuvlarda imkoniyatni boy berdi – “Guliston”, “Nasaf”.

Eng sermahsul jamoa: BMB – 105 ta gol

Eng kam gol urgan jamoa: “Guliston” – 6 ta gol

Eng yirik hisob qayd etilgan uchrashuv: BMB – “Guliston” – 20:1

Eng kichik hisob qayd etilgan uchrashuv: “Surxon” – “Qizilqum” – 1:0

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting