locale OZ

O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirini kuchli uchlikda yakunladi

Medallar jamg‘arishda yaponiya judochilari yetakchilik qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirini kuchli uchlikda yakunladi
Фото: Olympic.uz

1 mart kuni Toshkentda dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida 8 ta medal bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

Musobaqaning so‘ngi kunida -100 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Ernazar Sarsonboev kumush, +78 kg vazn toifasida qatnashgan Umida Nighmatova bronza, musobaqaning so‘nggi bahsida +100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher Yusupov esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Terma jamoa safidagi yagona oltin medalni joriy yilning 27 fevral kuni bahslarda ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shukurjon Aminova qo‘lga kiritgan edi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta Dubulg‘a” turnirida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Medallar jamg‘arishda yaponiya judochilari yetakchilik qildi. Ular turnirda 4 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ozarbayjon esa 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan 2-o‘rinni egalladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting