locale OZ

O'zbekiston JIMXANA bo'yicha Osiyo chempionatining birinchi bosqichida podiumga ko'tarildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston JIMXANA bo'yicha Osiyo chempionatining birinchi bosqichida podiumga ko'tarildi
PHOTO: Telegram

O'zbekiston JIMXANA bo'yicha Osiyo chempionatining birinchi bosqichida podiumga ko'tarildi

NAFKU jamoasi uchun xalqaro maydonda ajoyib boshlanish! Olmaota shahrida Asia Auto Gymkhana Championship 2025 Osiyo chempionatining birinchi bosqichi yakunlandi va NAFKU jamoasi ishonchli tarzda ushbu bosqich yetakchilari qatoridan joy oldi.

Dilshod Yusupov mashg‘ulotlarda eng yaxshi vaqtni ko‘rsatib, saralash bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi. Juftlik bahslarida Dilshod Yusupov va Alim Ahmadjonov birgalikda yuqori tezlik va ideal muvofiqlik namoyish etib, erkaklar juftlik bahslarida O‘zbekiston kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Oldinda chempionatning to'rt bosqichi bor: Shri-Lanka, Hindiston va Taypey, eng muhimi, final O'zbekistonda bo'lib o'tadi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting