locale OZ

O‘zbekiston jamoasi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Turkiyaning Bursa shahrida 30 may — 1 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 15 ta (8 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza) medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Raqobatli qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada 32 davlatdan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini 12 erkak va 6 ayoldan iborat 18 nafar sportchi himoya qildi. Ikkinchi o‘ringa Rossiya, uchinchi o‘ringa Qozog‘iston jamoalari chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida:
• Jamoliddinov G‘iyosiddin (57 kg) — bronza
• Sattorov Husniddin (62 kg) — kumush
• Olimjonov Bahrom (67 kg) — bronza
• Abdullayev Azizxon (73 kg) — oltin
• Hikmatov Asadbek (80 kg) — bronza
• Jumaniyozov Otabek (88 kg) — oltin
• Mahamatov Begzod (97 kg) — oltin
• Kamilov Ilyos (+97 kg) — kumush

Ayollar o‘rtasida:
• Sa’dullayeva Sevara (48 kg) — oltin
• Ortikova Sharofatoy (53 kg) — oltin
• Nabiyeva Dinora (58 kg) — kumush
• Habibullayeva Maxliyo (64 kg) — oltin
• Polvonova Nilufer (70 kg) — oltin
• Abdullayeva Umida (+70 kg) — oltin

O‘zbekiston sportchilari bu natija orqali jahon chempionatida o‘z ustunligini yana bir bor namoyon etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting